CENTRAL ASIAN UNIVERSITY

centralasian.uz

Tashkil topgan

05/03/2019

Manzil

Toshkent, Mirzo Ulugʻbek tumani, Milliy Bogʻ koʻchasi, 264

Biz bilan tanishish

Central Asian University (CAU) — 2019-yilda Toshkent shahrida tashkil etilgan va bugungi kunda mamlakatning eng jadal rivojlanayotgan nodavlat oliy ta’lim muassasalaridan biri hisoblanadi. Universitet tibbiyot, stomatologiya, muhandislik, biznes, arxitektura hamda turizm yo‘nalishlari bo‘yicha xalqaro ta’lim dasturlarini amalga oshiradi. Zamonaviy kampus, xalqaro tajribaga ega professor-o‘qituvchilar, ingliz tilidagi ta’lim va amaliyotga yo‘naltirilgan yondashuv CAUni turli mamlakatlardan kelayotgan talabalar uchun jozibador maskanga aylantirmoqda. Universitet Round University Ranking (RUR) 2025 xalqaro reytingida dunyoning TOP-1000 talik universitetlari qatoridan joy oldi, THE Impact Rankings 2025 reytingida ilk bor ishtirok etdi hamda QS Stars xalqaro baholash tizimida 4 yulduzli natijaga erishdi. Shuningdek, Science and Innovation Awards 2025 mukofoti doirasida yilning eng yaxshi nodavlat oliy ta’lim muassasasi deb e’tirof etildi. CAU Yevropa va AQShning yetakchi universitetlari bilan hamkorlikni faol rivojlantirib, qo‘shma ta’lim va ilmiy-tadqiqot loyihalarini amalga oshirmoqda. Bu esa universitetning global akademik makonga integratsiyasini yanada mustahkamlamoqda. CAU tarkibida quyidagi 6 ta ixtisoslashgan maktab faoliyat yuritadi: - Tibbiyot maktabi - Stomatologiya maktabi - Muhandislik maktabi - Biznes maktabi - Arxitektura va dizayn maktabi - Mehmondo‘stlik va turizm menejmenti maktabi Har bir ta’lim yo‘nalishi zamonaviy mehnat bozori ehtiyojlari asosida shakllantirilgan bo‘lib, amaliy tayyorgarlikka alohida e’tibor qaratiladi. CAUda ta’lim jarayoni nazariy bilimlarni amaliyot bilan uyg‘unlashtirish tamoyiliga asoslanadi. Talabalar tibbiyot, sun’iy intellekt, biznes va muhandislik sohalaridagi real loyihalar ustida ishlaydi, xalqaro tanlovlar va xakatonlarda ishtirok etadi hamda bugungi kun mehnat bozori talab qilayotgan ko‘nikmalarni egallaydi.

Контактные данные

264, Milliy bog St, Tashkent, 111221, Uzbekistan